BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog‘dagi qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga “suhbatga” chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
Magic City bog‘iga egalik qilgan Toshkent shahri sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu loyiha qanday paydo bo‘lgani va nima uchun uni sotishga qaror qilgani haqida gapirdi. “U yerda muammo ko‘p. Ammo menda boshqa g‘oyalar ham bor, bu bilan chegaralanib qolgan joyim yo‘q-ku?” — deya ta’kidladi u.
Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini aytdi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlarga asoslanib, ayni paytda ushbu kompaniyalar kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqdi.
1932 yilda tashkil etilgan va besh yil avval ta’mirlash uchun yopilgan O‘zbekiston Milliy bog‘i ochilishga tayyor. Ko‘l yana suvga to‘lgan, istirohat bog‘iga prezident tashrif buyurdi. U bog‘ni Toshkent ramzlaridan biri deb atadi va «qadriyatlarimizni e’zozlash va xotira ham kerak"ligini ta’kidladi. Foto.
Magic City ma’muriyati bog‘ hududida pichoqbozlik sodir bo‘lganini inkor qildi. Milliy gvardiya esa o‘z xabarini yangiladi.
Magic City bog‘ida ikki fotosuratchi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal vaqtida ulardan biri ikkinchisiga pichoq o‘qtaldi. Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatildi, uning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda. Gumondorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sobiq Milliy bog‘ hududida joylashgan plyajli ko‘l 15 avgust kuni ochilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri bog‘da bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Magic City majmuasi qo‘riqchilari hamda gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi shaxslar o‘rtasida mojaro sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida 4 nafar gumonlanuvchi ushlangan, qolganlarini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Poytaxtdagi Milliy bog‘ o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Birinchi bosqichda dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar, musiqiy favvora va boshqalar ochildi. «Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi», — dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting